"To'pni Messiga uzat". Alves Destga maslahat berdi

Alisher
6 noya 2020
"Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alves jamoaning yangi o'yinchisi Serjino Dest haqida gapirdi.

"Destga qanday maslahat berishim mumkin? Bu juda ham oddiy - Dest, to'pni Messiga uzat. Destda "Barselona"da o'rnini egallash uchun yaxshi fazilatlar bor", - deydi Alves.

"Barselona" oktyabrda 20 yoshli himoyachini "Ayaks"dan 21 million evro evaziga xarid qilgan edi.

Serjino kataloniyaliklar tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal