Toni Yovich: "Bunyodkor"dagi debyut golimdan so'ng elkamdagi katta toshdan qutuldim"

Iskandarov Abdulaziz
29 apr 2024, 11:25
"Bunyodkor"ning xorvatiyalik vingeri Toni Yovich "Jayxun"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi. Vinger kecha jamoadagi debyut golini urdi.

"Bu jamoaga kelganimdan beri 3 oy o'yinimiz chiqmadi va juda yomon natijalar qayd etdik. Lekin bu g'alabadan so'ng barchasi joyiga tushadi degan umiddaman.  Biz o'yinimizni yaxshilab boramiz. Jamoadoshlarimga raxmat aytaman. Dastlabki uchrashuvlarimizda juda yomon o'ynagandik. 

Gol urganimdan keyin elkamdagi katta toshdan qutuldim. Gollarim davomli bo'lishiga umid qilaman. Bu gol o'zimga bo'lgan ishonchni oshiradi",- deydi Toni Yovich. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia