"Toni Stark" eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar o'nligiga kirdi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2016, 14:21
Bir necha kun oldin PSJdan Xitoyning "Xebey Chayna Fortun" klubiga o'tgan Esekel Lavessining yillik maoshi e'lon qilindi.

"Temir odam" filmidagi bosh qahramon Toni Starkka o'xshab ketuvchi Lavessi yiliga 13 mln. evro ishlab topadigan bo'ldi. U er yuzidagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar reytingining o'nligiga kirdi.

Bundan tashqari "Atletiko"dan "Guanchjou Evergrand"ga ko'chib o'tgan Jekson Martines ham o'nlikdan o'rin olgan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia