Tonali "Milan"dan kyetishi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023
Yaqindagina "Nyukasl"ga o'tgan Sandro Tonali "Milan"dan kyetishi haqida gapirdi.

"Milan"da ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechirdim, YCHLda yarim finalgacha bordik. Birinchi yilimizda A Seriya bosh sovrini uchun kurashdik, ikkinchi yili esa qo'lga kiritdik, uchinchi yili esa buni uddalay olmadik. YCHLda uzoq yo'lni bosib o'tdik. "Milan"ga o'tishimda yordamlashgan insonlar keyingi faoliyatimda ham asosiy ko'makchi bo'lishdi.

"Milan"dan kyetish juda qiyin ish bo'ldi, professional faoliyatim davomida bunday qiyin qarorga kelmaganman. Bu og'ir bo'ldi, biroq biror kun baribir kyetishim kerak bo'lardi", - dedi futbolchi.

Tonali 2020 yil yozida "Milan"ga o'tgandi. 23 yoshli futbolchi yaqindagina 70 mln evro evaziga "Nyukasl"ga transfer qilindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sempre Milan