Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Khoja
1 apr 2025
25 yillik faoliyatidan so'ng Tomas Myuller Bavariyani tark etishga yaqin.

Futbolchiga Yevropa va Osiyoning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq 35 yoshli futbolchi faoliyatini MLSda davom ettirishga qaror qilgan.

Avvalroq, Bavariya moliyaviy holatini yaxshilash uchun Tomas bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Yarim himoyachining ayni vaqtda Bavariyadagi maoshi yiliga 17 million evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot o'rnida, U Bavariya tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Myuller nemis grandining asosiy jamoasida 2009 yildan beri harakat qilib keladi. Shu vaqt ichida yarim himoyachi 741 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 247 ta gol va 273 ta golli uzatma bor. Myuller joriy mavsum barcha musobaqalardagi 34 o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 5 assist muallifi bo'ldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com