

Terma jamoa ixtiyoridan klubga qaytgan futbolchilar Yupp Xaynkes qo'l ostidagi dastlabki mashg'ulotlarni ham o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi.

"Yupp Xaynkes bilan biz 2013 yilgi mavsumda ajoyib damlarni o'tkazgandik. Biz endi o'sha yilgi kayfiyatga qaytamiz. Yupp boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan juda yaxshi tanishmiz. Shu boisdan ko'nikish uchun ortiqcha vaqt kyetmaydi. Tez orada "Frayburg"ga qarshi o'yin bizni kutmoqda. Bu bahsda g'alaba va faqat 3 ochkoni o'ylayapmiz. Chiroyli va yaxshi o'yin bilan bu maqsadga erishamiz. Butun jamoa futbolchilari, murabbiylar va muxlislar ham tezroq ishga kirishishimizni va o'yinlarni sog'inishgan", - deydi Tomas Myuller.



