
O'zbekiston futbol federatsiyasi terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "B" guruhining saralash uchrashuvlarini kuzatishmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "E" guruhida 6 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egallagan. Olimpiyachilarimizning to'plar nisbati +5. O'zbekiston U23 ushbu natijasi bilan ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida 5 jamoa bo'lib turibdi. Agar "B" guruhida 2 o'rin egasi bizdan yaxshiroq natija ko'rsatsa, 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Osiyo chempionati va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlaridan quruq qoladi.