

"Lokomotiv" klubining bu yilgi maqsadi doimgidek yuqori. O'zbekiston chempionligi va O'zbekiston kubogini o'zimizda saqlab qolmoqchimiz. Bundan tashqari Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida finalga chiqish vazifa qilib qo'yilgan. OCHLda guruhda qolib ketish bilan chorak finaldan chiqib ketishning u qadar katta farqi yo'q deb hisoblayman. Xatto yarim finalda yutqazsa ham farqi yo'q. Shu bois maqsadimiz finalga chiqish", - deydi To'labek Akramov.




