Tojikistonlik futzalchi: "Yigitlarimiz birinchi o'yindan so'ng charchashgandi"

Aziz Tukhtamuradov
14 fev 2016, 11:28
Tojikiston terma jamoasining 10-raqamli futzalchisi Mansur Mamedbaev Vetnamga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Yigitlar birinchi o'yindan so'ng juda charchashgandi. Buning ustiga bugungi raqibimiz ham juda kuchli edi. Bizning terma jamoamiz yosh futbolchilardan tashkil topgan. Shu sababli, hali hammasi oldinda deb o'ylayman. Vetnam kuchli jamoa va ular saviya borasida yuqori hisoblanadilar. Jamoa tezkor o'yin ko'rsatdi. Umuman, omad ham bugun ular tomonda bo'ldi.

Eron, Yaponiya, Tailand va O'zbekiston terma jamoalari turnir favoriti hisoblanadilar.

Shu erga kelib bizni qo'llab-quvvaatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib o'tishni istardim. Uchinchi o'yinda g'alaba qozonib, uyga g'alaba bilan qaytishni istaymiz.

Yaratilgan sharoitlar uchun, mehmondo'stlik uchun o'zbekistonliklarga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Barchasi a'lo darajada tashkillashtirilgan", - deydi Mansur Mamedbaev.


Aziz To'xtamurodov


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia