
19 fevral kuni "Varzish" deb nomlangan Tojikiston davlat sport telekanali test rejimida efirga uzatila boshlagan edi. Bugun ushbu kanal rasman o'z faoliyatini boshladi. Endi tojikistonlik sport muxlislari HD (high definition - yuqori tiniqlikda) sifatda turli musobaqalarni tomosha qilishlari mumkin. Barcha suratga olish, montaj va translyatsiya uskunalari HD formatida ishlaydi.
Ushbu kanalni Tojikiston aholisining 60% raqamli formatda tomosha qilishi mumkin. "Varzish" telekanali futbol bo'yicha Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarini ko'rsatishni reja qilgan.


Eslatib o'tamiz, yurtimizda "UZREPORT" telekanali Angliya Premer-ligasi va UEFA Chempionlar ligasi bahslarini to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatmoqda.