Tojikiston Tailanddagi musobaqa g'olibiga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
25 sen 2022, 22:15
Tailandda tashkil etilgan "Qirol Kubogi" turniri yakunlandi.

Musobaqaning final uchrashuvida Malayziya hamda Tojikiston terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz o'tgan bahsning asosiy vaqtida darvozalarga to'p kiritilmadi, 0:0. G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi va bunda omad Tojikiston terma jaomasiga kulib boqdi. Rustam Yatimov raqibning 2ta penaltisini qaytarib jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. 

Tailand. "Qirol Kubogi". Final 

MALAYZIYA - TOJIKISTON 0:0 (0:3, penaltilar seriyasida)

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Rustam Yatimov (Tojikiston)


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia