

Jamoa boshlig'i Shavkat Ahmedovning saytimizga ma'lum qilishicha, uychiliklarni yangi mavsum Madrahimov tayyorlamoqda. Tabiiyki tarkibda ham bir qator o'zgarishlar mavjud. Ilgari, “Navbahor” va “So'g'diyona”da o'ynagan himoyachi Durbek Umaraliev yig'inda ishtirok etmoqda. Undan tashqari oliy liga havosidan bahramand bo'lgan Temur va Abdulaziz Sultonov ham bugungi kunda “Xotira-79” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini aytish lozim. O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan darvozabon Lochin Dolimov endilikda faoliyatini oliy liga vakili “Andijon”da davom ettiradigan bo'ldi.



