Tohir Madrahimov: “Yo'l charchog'i pand berdi”

Narzulla Saydullayev
14 apr 2015, 19:07
“Oq-tepa” – “Xotira-79” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach, mehmonlar ustozi Tohir Madrahimov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun ikkita yaxshi jamoa bir-biriga qarshi maydonga tushdi. Jamoalar safida oliy ligada o'ynagan futbolchilar harakat qilgani bois, o'yin shiddatli o'tdi. Yigitlarning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Ular qo'llaridan kelgancha to'p surishdi. Bizga yo'l charchog'i pand berdi. Futbolchilar charchoq alomatlari tufayli o'zlariga kelishlari biroz mushkul bo'ldi.
 
“Oq-tepa” o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'yganidan xabarim bor. Buni yigitlar ham bilardi. Shuning uchun ularga dastlabki 10-15 daqiqalikda xato qilmaslikni uqtirdim. Biroq baribir birinchi bo'limda gol o'tkazib yubordik. O'zimizning xatolar evaziga mag'lubiyatga uchradik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz