Todibo Fransiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
29 yanv 2021, 17:15
Oktyabrda "Benfika"ga ijaraga berilgan "Barselona" himoyachisi qishki transferlar oynasi so'nggiga qadar klubini o'zgartirishi mumkin.

Portugaliya klubi 21 yoshli fransiyalik futbolchini 2 yilga ijaraga olgan, ammo unga etarli miqdorda o'yin amaliyoti bermayapti - markaziy himoyachi ikki bor "Benfika"da maydonga tushdi, ikkisi ham kubok o'yinlari.

Todibo "Nicca" bila muzokaralar olib bormoqda va bitim yakunlanish arafasida. Bu ijara yoki to'laqonli transfer bo'lishi aytilmayapti, ammo "Barselona"ning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, klub 2019 yilning yanvarida 1 mln evroga "Tuluza"dan olgan futbolchisini sotishga qaror qilishi mumkin.

"Nicca" ayni damda Liga 1'da 12-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Nice-Matin