Timur Sadirov: "Bunyodkor" va "Kogon" bir-biriga munosib raqib"

Tolibjon Qosimov
18 fev 2017
Futzal bo'yicha XXI milliy chempionat 4-tur bellashuvlari Samarqandda davom etmoqda.

Kechagi bir kunlik tanaffusdan foydalanib "Bunyodkor" a'zosi Timur Sadirovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Samarqanddagi turga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Oldingi turda omad yetishmagan edi, ko'p o'yinlarni berib qo'ygan edik. Bu turda esa ochko yo'qotish bizga umuman to'g'ri kelmasdi. Dastlabki uch kundagi uchrashuvlarni yutishimizda yigitlarni jipslashib harakat qilgani asosiy sabab bo'ldi.

Pley-offda "Kogon" bilan o'ynaymiz. Buxoroliklarni o'tgan turda mag'lub etdik. Bu ularga qarshi muvaffaqiyatli harakat qila olishimizni ko'rsatib turibdi. "Bunyodkor" va "Kogon" bir-biriga munosib raqiblar".



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia