Timur Kapadze "Olimpik"ning kubokdagi maqsadini aytdi

Оқил Абдубарноев
20 apr 2023, 21:49
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- O'yindan qoniqdim desam ham bo'ladi. Bugun g'alaba qozonishga harakat qildik. G'oliblik kayfiyatda kelgandik. O'yin oson bo'lmasligini bilardik. Sababi, "Andijon" ham yaxshi shakllangan jamoa, ularning ham oldiga qo'ygan vazifalari mavjud. O'yin davomida vaziyatlar yaratdik, qayerdadir o'xshadi, qayerdadir o'xshamadi. Afsuski, imkoniyatlardan foydalana olmadik. "Andijon" bilan yaqinda o'ynagandik. Bugungi o'yindan so'ng ushbu raqibga qarshi yana qanday uslub namoyish etish mumkinligini ko'rib oldik. Uchrashuvdan tegishli xulosa chiqaramiz. Endi chempionat bahsiga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- "Andijon"ga qarshi chempionat bahsida jamoa 0:1 hisobida yutqazgandi. Jamoaning avvalgi va bugungi o'yinida qanday farqni sezdingiz?

- "Andijon"ga qarshi uy uchrashuvimizda o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng raqib himoyaga e'tibor qaratgandi. Bugun esa, ayniqsa, birinchi bo'limda ochiq o'yin guvohiga aylandik. Ikkinchi bo'limda esa raqib yana himoyalandi, lekin buni bilardik. Bazi vaziyatlarda ular ochilishdi, o'shanda bizda imkoniyatlar bo'ldi. Bundan foydalansak bo'lardi. 

- "Olimpik"ning kubokdagi maqsadi qanday?

- Guruhdan chiqib, olg'a borishga harakat qilamiz. Qancha uzoqroqqa borsak, shuncha kuchli jamoalarga ro'baro' kelamiz. Bu esa bizga tajriba bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia