

Ushbu bahsdan so'ng “temiryo'lchilar” sardori Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.
“Al Taavon”ga qarshi bahsdan so'ng ruhiy tomondan biroz bosim bor edi. Lekin uydagi “Al Ahli”ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerakligini bilib turardik. Agarda ushbu bahsda ham mag'lubiyatga uchraganimizda o'zimizning holatimizni ancha qiyinlashtirib qo'yardik. Mashg'ulotlarda birinchi o'yindagi xatolar va kamchiliklar ustida ko'proq ishladik. “Al Ahli”ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdik. Biz uchun eng kerakligi mana shu edi. Jamoadoshlarimning barchasi o'yinda borini berishdi”, - deydi “Lokomotiv” sardori Timur Kapadze.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi




