Timur Kapadze Masharipov va O'runovning jarohati haqida gapirdi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2025, 11:49
"Futbol" telekanalidagi "Gol" ko'rsatuvida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mehmon bo'ldi.

"Terma jamoaga murabbiy etib tayinlashayotganda Masharipov, Shukurov, Shomurodov va boshqa futbolchilar bilan gaplashdim. Yani yigitlar bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q.

Masharipov va O'runov jarohat olishganidan xabarim bor. Ostonning jarohati og'irroq ekanini aytishim mumkin. Hali ancha vaqt bor, nasib qilsa mart oyida ular tayyor bo'lishadi", - dedi Timur Kapadze.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia