Timur Kapadze: "Doston Hamdamov ayni damda ruhiy tushkunlikka tushib qolgan"

19 mar 2018, 14:34
O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e'lon qilinganidan barchaning xabari bor.

MTJga chaqirilgan Doston Hamdamov tarkibdan chiqarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu borada vaqtinchalik bosh murabbiy Timur Kapadze o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Doston Hamdamov to'g'risida ko'plab gap so'zlar tarqalmoqda. Hamdamov MTJning kengaytirilgan tarkibidan chiqarilgani rost. Hamdamovda o'yin amaliyoti kam. Bundan tashqari o'zining muammolari o'ziga yetib turibdi. Avval ishlarini xal qilsin. Doston ayni damda ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.  Hozircha unga tegmaganimiz maqul. O'ziga kelib olsin albatta terma jamoaga jalb etamiz", - deydi MTJning vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia