Tilemans "Lester" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas

Alisher
18 iyun 2022
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans hozirda shartnomani uzaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmayapti.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, o'yinchi jamoadan ketmasa, bu variantni sentyabrda tahlil qilib ko'rishi mumkin, ammo hozir emas.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Arsenal" Tilemansga qiziqmoqda, ammo rasmiy taklif hali bo'lmadi. Boshqa klublar ham vaziyatni kuzatmoqda.

Eslatib o'tamiz, Tilemans "Lester"ga "Monako"dan 2019 yilning yanvarida o'tgan edi. Xavbek Angliya klubi safida barcha musobaqalarda 158ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 24ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano