Tibo Kurtua: "Real"ga o'tish qarorini martda qabul qilganman"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018, 18:14
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua yozgi transfer oynasida o'zining "Chelsi"dan Madrid klubiga o'tishi borasida gapirib berdi.

"Ular ("Chelsi" muxlislari) haqiqatni ("Real"ga o'tishi) bilmasa kerak.

Martda qaror qabul qilganman va klub rozi bo'ladi deb o'ylagan edim.

Transfer amalga oshganidan so'ng qaytmadim ("Chelsi" mashg'ulotiga), chunki jamoani bezovta qilmagan yaxshi deb o'yladim.

Afsusdaman, chunki "Chelsi"ni yaxshi ko'raman. Angliyada o'ynash yoqadi va u yerda sovrinlar qo'lga kiritganimdan baxtliman.

"Chelsi"ning ko'plab muxlislari meni tushunadi deb o'ylayman. Klub birinchi to'rtta bahsda g'alaba qozonganidan xursandman va ular shu ruxda davom etib, APL g'olibi bo'lishadi degan umiddaman" - deydi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports