Tibo Kurtua: "Ishonamanki, muxlislar 95 daqiqa davomida yuqori darajali shou guvohiga aylanishadi"

26 noya 2019, 01:51
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Pari Sen-Jermen" klubiga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yo'q, biz hech qanday revansh haqida o'ylamayapmiz. PSJ bilan dastlabki uchrashuvda ko'p narsalarni o'rgandik. O'sha kuni sust o'yin namoyish qilgandik, ammo keyinchalik sezilarli darajada o'sishga erishdik. Ertaga biz YCHLni yutishni maqsad qilgan kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. Bizda yaxshi jamoa borligini isbotlashimiz kerak.

Ishonamanki, muxlislar o'yinning ilk sekundlaridan boshlab 95-daqiqa yakuniga qadar yuqori darajali shou guvohiga aylanishadi", - deydi belgiyalik darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com