Tibo Kurtua: "Biz UEFA ko'proq pul olishi uchun o'ynadik"

Alisher
11 okt 2021, 14:16
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua UEFAni moliyaviy manfaatlar sabab Millatlar Ligasida uchinchi o'rin uchun o'yinni tashkil etgani borasida tanqid qildi.

"Bu o'yin faqatgina pul uchun tashkil etildi. Bizning ilk daqiqalardan qanday tarkibda chiqqanimizni ko'ring. 

Agar bu final bo'lganida, ikkala termada ham asosiy tarkiblar mutlaq boshqacha bo'lar edi", - deydi Kurtua.

Belgiyalik posbon joriy mavsum "Real" libosida La Liga doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 10ta to'p olib chiqdi.

→ Kurtua: "Endi Italiyaga qarshi o'yindan mano yo'q"

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal