Tiagu Motta: "Angliya - bu faqat Runi"

Narzulla Saydullayev
4 may 2014
PSJ klubi va Italiya terma jamoasi a'zosi Tiagu Motta terma jamoaning tarkibi kuchli ekanini aytib o'tdi.
Bundan tashqari u Angliya terma jamoasining natijalari Ueyn Runiga bog'liq ekanligini ma'lum qildi.

– Agar Italiya Ueyn Runini to'xtata olsa, kerakli natijaga erisha olamiz, – deydi Motta. – Angliyaning o'yini bu hujumchiga juda bog'lanib qolgan. Angliya – faqat Runidan iborat desak ham bo'ladi. Italiya terma jamoasi safida esa ko'plab ajoyib futbolchilar jam bo'lishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru