
– Agar qachondir "Real"dan taklif tushsa uni rad etaman deb ayta olmayman, – deydi Alkantara Marca nashriga. – Bu dunyoning eng kuchli klublaridan biri. Hamma futbolchiga ham "Qirollik klubi"da o'ynash nasib etavermaydi. Ammo hozir meni "Bavariya"da barchasi qoniqtirmoqda. Ayni paytda hech nimani o'zgartirishni istamayman.