Tiago Silva PSJ bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
22 iyul 2020
Kecha parijliklar “Seltik”ka qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik hisobda (4:0) zafar quchdi.

Parijliklar himoyachisi Tiago Silva mazkur bahsi asosiy tarkibda boshladi va tanaffus vaqtida zaxiraga olindi. O'yin tugaganidan keyin esa Silva klub muxlislari bilan xayrlashdi.

35 yoshli futbolchi 2012 yil “Milan”dan 42 mln evro evaziga Fransiya grandi safiga kelib qo'shilgandi. U jamoa libosida jami 310 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urgan holda yana beshta pasni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside