Tiago Myunxendagi uyini sotuvga qo'ydi. U "Bavariya"dan ketmoqchi

Alisher
15 iyul 2020, 11:40
Yarim himoyachi Tigo Alkantara "Bavariya"dan ketishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi Myunxendagi uyini sotuvga qo'ygan.

Oldinroq, Tiago "Bavariya"dagi sheriklari bilan xayrlashgani haqida xabarlar yangragan edi. Shuningdek, ispaniyalik futbolchi faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi ham mumkin.

Alkantara joriy mavsum "Bavariya" safida Bundesliga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, xavbek "Bavariya"ga 2013 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild