Tiago Alkantara safga qaytishga yaqin

28 apr 2014, 00:28
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara jarohatini davolamoqda.

Ispaniyalik futbolchi kutilganidan ham tezroq safga qaytishi mumkin. Bir oy avval Tiago Alkantara "Xoffenxaym"ga kechgan bahsda  oyog'idan shikastlangandi. Uning maydonga qaytishi 8 haftani  talab etishi taxmin qilingandi. Lekin Tiago jarohatidan tezroq forig' bo'lishi kutilmoqda. Bundesliganing so'nggi turigacha Alkantara maydonga tushishi mumkin ekan.


Manba: soccer.ru