The Times: "MYU" kelasi yozda Beylni taklif qilishi mumkin

27 okt 2013, 15:37
"Manchester Yunayted" kelasi yozda "Real" qanot yarim himoyachisi Garet Beylni sotib olish variantini ko'rib chiqyapti, deya xabar bermoqda The Times.
Ingliz klubi futbolchining Ispaniya chempionatiga moslashuvi qay tarzda kechishini diqqat bilan kuzatib borib, kezi kelsa yozda "Qirollik klubi"ga taklif bilan chiqish istagida.

O'tgan o'zgi transfer mavsumida ham klub bosh murabbiyii Devid Moyes hamda ijroviy direktori Ed Vudvord futbolchini "Tottenxem"dan sotib olishga urinishgandi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Beyl to'rt o'yinda maydonga tushib, bir golga muallifdik qildi.


Manba: sports.ru