The Sun: JCH-2018 boykotchilari soni oshmoqda

Aslanov Jasurbek
27 mar 2018, 13:59
Buyuk Britaniyaning The Sun nashri xabariga ko'ra, Rossiyada o'tadigan jahon chempionatiga boykot e'lon qilmoqchi bo'lganlar soni ortmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Polsha, Islandiya, Daniya, Shvetsiya, Avstraliya va Yaponiyaning rasmiy shaxslari turnirga borishdan voz kechishga tayyor. Bu boykotga boshqa mamlakatlar ham qo'shilishi mumkin.

Oldinroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey qirollik oilasi Rossiyaga bormasligini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun