The Best. FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi unvoni uchun da'vogar uchlikni aniqladi

11 dek 2020, 21:16
FIFA 2020 yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun da'vogarlik qiladigan mutaxassislarni e'lon qildi.

Nufuzli sovrin uchun germaniyalik Xans-Diter Flik ("Bavariya") va Yurgen Klopp ("Liverpul"), argentinalik Marselo Belsa ("Lids") kurash olib boradi.

25 noyabrda e'lon qilingan dastlabki ro'yxatdan Zinedin Zidan ("Real") va Xulen Lopetegi ("Sevilya") tushib qolgan.

G'olib 17 dekabr kuni The Best FIFA Football Awards taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com