Tezkor xabar: O'zbekiston Superligasi ham to'xtatiladi

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020
Bugun, O'zbekistonda koronavirus bilan kasallangan ilk fuqaro aniqlandi.

Fransiyada bo'lib qaytgan yo'lovchida COVID-19 koronavirus infekciyasi aniqlangan. 

Shu munosabat bilan O'zbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, barcha maktabgacha talim muassasalari, maktablar va oliy talim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e'tiboran karantinga yopiladi. 

Bizga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston Superligasida ham tanaffus e'lon qilinadi. 3-turning bugun o'tishi kerak bo'lgan 2 o'yini esa o'z vaqtida o'tkazilishi aytilmoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia