Tezkor xabar: "Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi boshqa kunga qoldirildi
Narzulla Saydullayev
20 iyun 2016, 12:19
Oliy liga taqvimida o'zgarish yuz berdi. Ertaga, yani 21 iyun kuni o'tkazilishi lozim bo'lgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi boshqa kunga qoldirildi.
PFL Toshkentda rasmiy tadbir bo'lib o'tishi munosabati bilan shunday qarorga keldi. O'yinning qachon o'tkazilishi hozircha ma'lum emas.
Yoshlar ligasidan o'rin olgan bahs esa bugun bo'lib o'tadi va "Lokomotiv" stadionida 17:00da boshlanadi.