

Bu haqda "Lokomotiv" jamoasi bilmagan holda futbolchini o'yin qaydnomasiga kiritdi. Agar jamoada matbuot kotibi tizimi to'g'ri yo'lga qo'yilganida shunday muammo bo'lmagan bo'lardi. Boisi klublarda statistika bilan matbuot xizmati shug'ullanadi.
Bu haqda xabar topgan "Paxtakor" rahbariyati o'yinni boshidayoq "Lokomotiv"ni ogohlantirdi. Natijada ikki klub kelishgan holda, o'yin boshlanmasidanoq Jasur Hasanovni maydonga tushishiga ruxsat berdilar.
O'yindan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida, mazkur savol Samvel Babayanga berilganida, u shunday javob berdi:
- Biz bugun mag'lubiyatga uchradik, shunday ekan, yozuv-chizuvdan foyda yo'q. "Lokomotiv" haqli g'alaba qozondi.



