Teves "Vest Xem" safiga qaytishi mumkin

28 iyun 2020, 01:18
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves faoliyatini Yevropada davom ettirishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, 36 yoshli forvard Argentina klubining shartnomani yangilash borasidagi taklifini rad qilgan. Teves Yevropadagi faoliyati boshlangan "Vest Xem" klubi bilan 6 oylik bitim imzolamoqchi ekanini yashirmayapti.

Eslatib o'tamiz, Karlos Teves 2006 yilda "Vest Xem" safiga Braziliyaning "Korintians" klubidan kelib qo'shilgan. U "bolg'achilar" safida muvaffaqiyatli o'tgan bir mavsumdan keyin "Manchester Yunayted"ga transfer qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports