Teves Libertadores kubogidan keyin faoliyatini yakunlaydi

Mirjalol Normatov
25 noya 2020, 00:30
"Boka Xuniors" hujumchisi Karlos Teves faoliyatini yakunlash arafasida.

36 yoshli argentinalik Libertadores kubogidan keyin faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.

Ushbu turnir final o'yini 2021 yilning 21 yanvar kuniga rejalashtirilgan. "Boka" musobaqaning 1/8 final bosqichida "Internasonal" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Teves "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Yuventus"dagi faoliyati bilan barchaga mashhur.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal