Terri "Chelsi"ning bo'lajak sardori kimligini aytdi

"Chelsi" afsonasi Jon Terri ayni paytda "aristokratlar" sharafini himoya qilayotgan Meyson Maunt haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Meyson Maunt – "Chelsi"ning bo'lajak sardori. 100 foiz. Rostini aytsam, u klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi. Meyson mashg'ulotlardan charchamaydigan ajoyib yigit. Uning tomirlarida "Chelsi" qoni bor.

Maunt "Chelsi"da ham, Angliya terma jamoasida ham sardor bo'lishiga ishonaman", – dedi Terri.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum APLning 22 o'yinida ishtirok etgan 22 yoshli yarim himoyachi 3 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Manba: Goal.com