Terri Anri: "Pedro ideal sherik va haqiqiy professional"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2015, 15:49
"Barselona" sobiq hujumchisi Terri Anri Pedro Rodrigesning "Chelsi"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Pedro - ideal sherik va haqiqiy professional. Har qanday murabbiy o'z jamoasida shunday futbolchi bo'lishini istaydi.

U maydonda bor kuchi bilan harakat qilishiga shubha qilmasa ham bo'ladi. Pedro ko'p gapirmaydi, muammolar keltirmaydi va mashg'ulotlarda yaxshi ishlaydi" - deydi Anri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru