Terri Anri: "Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014, 10:19
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri "Barselona" a'zosi Lionel Messi va "Real" vakili Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
"Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ammo Ronalduning qilgan mehnatiga tan beraman. Messida qobiliyat bor, Ronaldu esa o'z mehnati bilan shunday darajaga erishdi. Lui Saa menga Ronaldu MYUdagi eng mehnatkash futbolchi ekanligini aytgandi", - deydi Anri Goal.com nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net