Terri Anri LaLigada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
26 may 2019, 16:55
"The Mirror" xabariga ko'ra, "Betis"ning yangi bosh murabbiyi Terri Anri bo'ladi.

Ispaniya klubi Kike Setenni iste'foga chiqarganidan so'ng Rafael Benitesga taklif bilan chiqqan va undan rad javobini olgandi. Ayni damda bosh murabbiylikka Terri Anrining nomzodi ko'rib chiqilmoqda.

O'tgan mavsumda Anri "Monako"ni 3 oygina boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Mirror