Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha 10-o'rinda turgan yarim himoyachi Viktor Karpenko haqida ma'lumot beramiz. Ayni paytda “Lokomotiv” klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz 60 marta milliy terma jamoa safida maydonga tushgan.
Karpenko 60 uchrashuvning 18tasida to'liq o'ynagan. 32 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda uchrashuv davomida almashtirilgan. Qolgan 10ta bahsda murabbiy tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Viktor Karpenko milliy terma jamoa safida jami 3951 daqiqa harakat qilgan.
U terma jamoa safidagi 60 uchrashuvda 1 marta ogohlantirish olgan. Karpenko o'zining ilk va yagona sariq kartochkasini 2009 yilda JCH-2010 saralashida Bahraynga qarshi o'yinda olgan.
Viktor Karpenko O'zbekiston terma jamoasi safida 4ta gol urgan.
Osiyo Kubogi-2007da O'zbekiston guruhda Malayziyani (5:0), Xitoyni (3:0) mag'lub etgan, Eronga taslim bo'lgan (1:2). Chorak finalda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'yib (1:2 )musobaqani tark etgan. Karpenko uchta o'yinda maydonga tushgandi.
Qatardagi Osiyo Kubogida Karpenko Qatar va Quvaytga qarshi o'yinlarda to'liq o'ynagandi. Xitoy, Avstraliya va Janubiy Koreyaga qarshi bahslarda boshqa futbolchilarga almashtirilgan edi.
Viktor Karpenko terma jamoadagi eng so'nggi uchrashuvini 2012 yil 6 avgust kuni Livanga qarshi o'tkazgan. JCH-2014 saralashidagi o'yinda durang qayd etilgan 1:1.
Keyingi juma kuni Odil Ahmedov haqida ma'lumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasiKarpenko terma jamoadagi o'z debyutini 2003 yilning 4 fevralida Belorussiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni terma jamoaga Ravshan Haydarov jalb etgan. O'sha kuni yarim himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushgan 74 daqiqa o'ynagan. Minksda bo'lib o'tgan bahsda durang qayd etilgan – 2:2.
U terma jamoa safidagi 60 uchrashuvda 1 marta ogohlantirish olgan. Karpenko o'zining ilk va yagona sariq kartochkasini 2009 yilda JCH-2010 saralashida Bahraynga qarshi o'yinda olgan.
Viktor Karpenko O'zbekiston terma jamoasi safida 4ta gol urgan.
Ishtirok etgan musobaqalariQahramonimiz Osiyo Kubogi-2007 va 2011 saralashi va final bosqichilarida ishtirok etgan. Bundan tashqari Karpenko JCH-2006, 2010 va 2014 saralashlarida ham maydonga tushgan.
Osiyo Kubogi-2007da O'zbekiston guruhda Malayziyani (5:0), Xitoyni (3:0) mag'lub etgan, Eronga taslim bo'lgan (1:2). Chorak finalda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'yib (1:2 )musobaqani tark etgan. Karpenko uchta o'yinda maydonga tushgandi.
Qatardagi Osiyo Kubogida Karpenko Qatar va Quvaytga qarshi o'yinlarda to'liq o'ynagandi. Xitoy, Avstraliya va Janubiy Koreyaga qarshi bahslarda boshqa futbolchilarga almashtirilgan edi.
Raqib terma jamoalarU futbolchi sifatida 30ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p Bahraynga qarshi o'ynagan – 7 marta. Keyingi o'rinda Saudiya Arabistoni o'rin olgan - 5ta o'yin.
Sariq kartochkasiYuqorida aytib o'tganimizdek Karpenko terma jamoa safida atiga bir bor sariq kartochka bilan jazolangan. Futbolchi bu ogohlantirishni JCH-2010 saralashi doirasida Bahraynga qarshi safarda o'yinda olgandi.
YillarKarpenko 2003-2012 yillar davomida terma jamoada faoliyat olib borgan. U 2011 yilda eng ko'p uchrashuv o'tkazgan – 14ta.
Viktor Karpenko terma jamoadagi eng so'nggi uchrashuvini 2012 yil 6 avgust kuni Livanga qarshi o'tkazgan. JCH-2014 saralashidagi o'yinda durang qayd etilgan 1:1.
Viktor Karpenkoning yubiley o'yinlari
# | Raqib | O'yin maqomi | Hisob | Sana | Daqiqasi |
1 | Belorussiya | O'rtoqlik uchrashuvi | 2:2 | 04.02.2003 | 74 |
10 | Saudiya Arabistoni | JCH-2006 saralashi | 0:3 | 06.08.2005 | 45 |
20 | Ozarboyjon | O'rtoqlik uchrashuvi | 0:0 | 02.07.2007 | 66 |
30 | Iordaniya | O'rtoqlik uchrashuvi | 4:1 | 03.22.2008 | 45 |
40 | Albaniya | O'rtoqlik uchrashuvi | 0:1 | 08.11.2010 | 90 |
50 | Janubiy Koreya | Osiyo Kubogi-2011 | 2:3 | 01.28.2001 | 87 |
60 | Livan | JCH-2014 saralashi | 1:1 | 06.08.2012 | 90 |
Keyingi juma kuni Odil Ahmedov haqida ma'lumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.