Terma jamoaning bugungi o'yini yopiq eshiklar ostida o'tadimi?!

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2016, 12:36
Bugun O'zbekiston terma jamoasi oliy ligada faoliyat olib borayotgan legionerlardan iborat bo'lgan terma jamoa bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur o'yin "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra uchrashuvga muxlislar kiritilmaydi. Eslatib o'tamiz, aslida bugun Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Ekvatorial Gvineyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi lozim edi. Biroq Afrika jamoasi mazkur o'yinni keyinroqqa qoldirishni so'rab O'FFga murojaat qilgani uchun bahs bo'lib o'tmaydi.

7 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstriyada Kanada milliy terma jamoasi bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia