"TerDU" nazorat uchrashuvida "Qo'qon-1912"ni engdi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2026
Pro liga debyutanti o'quv-mashg'ulot yig'inini ayni paytda Toshkentda olib bormoqda.

Eldor Boymatov boshchiligidagi jamoa bugun nazorat uchrashuvida Superliga vakili "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashdi. O'yinda Termiz klubi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona golga Diyor Rashidov mualliflik qildi.

"TerDU" safida poytaxt yig'inida quyidagi futbolchilar qatnashmoqda:

Islom Mo'minov, Ramazon Kamolov, Abbos Qarshiev, Kamron Azimov, Nurmuhammad Namozov, Diyor Rashidov, Oybek Gazarov, Dilshod Xushbakov, Rustam Normurodov, Abduqodir Amirqulov, O'rol Choriev, Lutfullo G'aniev, Sardor Qo'zimurodov. Bundan tashqari, yana bir necha futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi.

Jamoa 22 fevral kuni "Guliston", 23 fevral kuni "Xorazm", 24 fevral kuni "Paxtakor-Farm", 25 fevral kuni "Bunyodkor-Farm", 26 fevral sanasida "Jayxun" bilan kuch sinashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia