"TerDU" bosh murabbiyi Eldor Boymatov: "O'yin jamoamiz nazorati ostida kechdi"

11 apr 2026, 21:25
Proliga 2-turidan o'rin olgan "Yaypan" – "TerDU" (2:1) uchrashuvidan keyin "TerDU" jamoasi bosh murabbiyi Eldor Boymatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuv jamoamiz nazorati ostida kechdi. Faqat o'z imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. "Yaypan" jamoasi vaziyatlardan foydalanib yutib ketdi. Darvozabonimiz xatosidan so'ng gol o'tkazib yubordik.

- Tezkor gol rejalaringizni qay darajada o'zgartirdi?

- Tezkor gol har doim rejani o'zgartiradi. Boshida 15 daqiqa himoyani mustahkam ushlab raqibga imkon bermaslikni maqsad qilgandik. 20-daqiqadan keyin o'z o'yinimizni ko'rsata boshladik. Oxirigacha nazorat bizda qoldi.

- Ikkinchi bo'lim yarmidan so'ng jamoangiz o'ynamay qo'ydi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Aksincha, ikkinchi bo'lim yarmidan keyin bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Hisob 2:1 edi va ko'p marta hujumga o'tdik. Balki chiziqlar orasida uzilish bo'lgandir, bu ham hujumga o'tganimiz uchun shunday ko'ringan. Biz shundan so'ng uchta vaziyat yaratdik, faqat gol ura olmadik.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia