Ter Shtegen Suares haqida: "U ko'pchilikning ovozini o'chirib qo'ydi"

Tolibjon Qosimov
3 okt 2019, 16:29
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen YCHL 2-turi doirasida "Inter"ga qarshi o'yin (2:1)dan keyin Suares va Messining o'yini haqida gapirdi.

Suares haqida
"Aniqki, Luis Suares ko'pchilikning ovozini o'chirdi. U hamisha borini beradi va doim kurashda.
Bizning hujumimizda kim o'ynashini yaxshi bilamiz. U gollar urish uchun doim kerakli joyda bo'ladi".


Messi haqida
"U o'ynayotganda hamda golli paslar va gollar urganida doim xursand bo'lamiz.
U 90 daqiqa o'ynaganidan xursandmiz. U jarohat sabab o'ynay olmayotgandi, lekin umid qilamiz bu endi takrorlanmaydi. U bilan doim oson", - dedi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com