Ter Shtegen: "Hech kim Messi bilan tenglasha olmaydi, lekin "Barselona" - jamoa"

Tolibjon Qosimov
19 sen 2018, 20:52
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen YCHL 1-turi doirasida "PSV" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0)dan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Messi har doim o'zi haqida eslatib turadi. Hamma uning darajasini biladi va hech kim u bilan tenglasha olmaydi.

Lekin, uning kuchliligiga qaramasdan, bizda g'alabani olib bera oluvchi boshqa 10 nafar o'yinchi ham bor. Biz bir o'yinchi emas, jamoamiz.

PSVni yutish - oson vazifa emasdi. Ular qarshi hujumlarda zo'r o'ynashadi va kerak pallada himoyalana olishadi. Biz g'alabamiz uchun zamin yarata oldik", - dedi ter Shtegen.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-espana.net