Ter Shtegen "Granada"ga qarshi durang haqida: "Hech bo'lmasa, "Barselona" mag'lubiyatdan chiqib keta oldi"

Alisher
21 sen 2021, 07:28
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya chempionati 5-tur doirasidagi "Granada" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Albatta, achinarli. Hech bo'lmasa, o'yinni hisobga olsak, mag'lubiyatdan chiqib keta oldik. Ular mudofaada ko'p ish qilishdi, vaqtni cho'zishdi. 

Durang o'ynadik, ammo ko'prog'ini qilishimiz mumkin edi. Biz har qachongidan ko'ra ko'proq muxlislarga ehtiyoj sezmoqdamiz. Bu biz va ular uchun ham qiyin vaziyat", - deydi ter Shtegen.

"Barselona" ayni damda 8 ochko jamg'ardi va 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo