Ter Shtegen g'azabda, klubdagilar uni ketadi deb o'ylashyapti, ammo...

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2025
Mark-Andre ter Stegen "Barselona"ni tark etmoqchi emas.

O'tgan haftada Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegenga keyingi mavsumda asosiy darvozabon bo'lmasligini ma'lum qildi.


Cadena SER xabariga ko'ra, ter Stegen g'azabda, lekin klubni tark etish niyatida emas. Biroq uning agenti darvozabon fikrini o'zgartirishi mumkin bo'lgan taqdirda yangi jamoa qidirmoqda.


"Barsa"dagilar Mark-Andre yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatida o'ynash istagi tufayli klubni tark etishi mumkin deb hisoblashmoqda. Shu bilan birga, katalonliklar futbolchiga yuqori maoshini yo'qotishini hisobga olib, kompensaciya to'lashga to'g'ri kelishini tushib turishibdi.


Takidlanishicha, ter Stegenning transferi orqali maosh xarajatlarini qisqartirish - "Barselona"ning maqsadlaridan biridir.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER