
Ter Shtegenning orzusi Dortmundning "Borussiya"si sharafini himoya qilish, deb yozmoqda nemis matbuoti. Biroq hozirgi vaqtda dortmundliklar darvozasini 33 yoshli Roman Vaydenfeller qo'riqlayapti. Mark-Andre bu jamoa asosiy darvozasidan o'rin olish uchun bir mavsum kutishga ham tayyor.