Ter Shtegen: "Barselona"da o'sdim"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2017, 21:01
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klubga kelganidan keyin unda nimalar o'zgargani haqida gapirib o'tdi.

"Birinchi navbatda, men o'sdim. Oxirgi uch yilda ko'p narsalar sodir bo'ldi. Hozir mening "Barselona"dagi to'rtinchi mavsumim boshlandi. Faoliyatim bu yerda davom etayotganidan mamnunman. Bu yo'lni davom ettirishim mumkinligidan hursandman, chunki o'zim ham shuni xohlayman. Hammamiz muvaffaqiyatga erishishni istaymiz. Biz hammamiz yangi g'alabalarga chanqoqmiz", - dedi Ter Shtegen UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com